Sog'liqni saqlash — kommunikatsiyalar nafaqat biznes ko'rsatkichlariga, balki odamlar hayoti sifatiga ham bevosita ta'sir qiladigan kam sonli sohalardan biri.
Aksariyat sohalarda marketing mahsulot yoki xizmatni sotishga yordam bersa, tibbiyotda kommunikatsiyalar avvalo ishonchni shakllantiradi. Bemorlar o'z sog'lig'ini klinikalarga ishonib topshiradi. Shifokorlar qarorlarni dalilga asoslangan ma'lumotlar asosida qabul qiladi. Davlat organlari jamoat salomatligi uchun javob beradi. Aynan shu sababli healthcare sohasidagi PR va marketing kommunikatsiyalari alohida yondashuvni talab qiladi.