2026-yilning dastlabki olti oyi O'zbekistondagi PR bozori jadal rivojlanishda davom etayotganini va tobora yetuklashib borayotganini ko'rsatdi. Bir necha yil avval ko'plab kompaniyalar PR'ni faqat OAV bilan ishlash va press-relizlar chop etish deb bilgan bo'lsa, bugun kommunikatsiyalar obro', ishonch va biznes rivojini boshqarishning to'laqonli vositasiga aylanmoqda.